"Bavariya" Jeksonga qiziqish borligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
23.08.2025 08:26 Ўқилди: 6
"Bavariya" sport bo‘limi boshlig‘i Maks Eberl "Chelsi" hujumchisi Nikolas Jekson haqidagi savolga javob berdi.
"Ko‘klar" tomonidan sotuvga qo‘yilgan 24 yoshli futbolchi Myunxen grandining transfer maqsadlari qatorida bo‘lgan, biroq Eberl bu ma’lumotni rad etdi: "Jekson bilan shartnoma imzolash mavzusi biz uchun dolzarb emas," - deya funksionerning so‘zlarini keltiradi jurnalist Kristian Falk.
Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, Nikolas Jeksonning narxi 50 mln yevroni tashkil etadi. Senegallik futbolchiga Angliya premyer-ligasi va Italiya A Seriyasi vakillari qiziqish bildirmoqda.