"Nottingem Forest" Magassa uchun 17 million yevro taklif qildi
23.08.2025 06:26 Ўқилди: 12
"Nottingem Forest" klubi "Monako"ga yarim himoyachi Sungutu Magassaning transferi bo‘yicha taklif bilan chiqdi, deb xabar beradi Foot Mercato.
Manbaga ko‘ra, ingliz klubi 21 yoshli fransiyalik futbolchi uchun 17 million yevro to‘lashga tayyor. Transfermarkt portali futbolchining narxini 12 million yevroga baholamoqda.
2024/25 yilgi mavsumda Magassa barcha musobaqalarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.