"Napoli" Xyoylund bilan ijobiy muzokaralar olib bordi
23.08.2025 06:26 Ўқилди: 30
"Napoli" "Manchester Yunayted" bilan hujumchi Rasmus Xyoylund transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deb xabar berdi X ijtimoiy tarmog‘ida insayder Fabrisio Romano.
Manbaga ko‘ra, juma kuni futbolchining agenti bilan shartnoma shartlari va uzoq muddatli rejalar bo‘yicha ijobiy muzokaralar o‘tkazilgan. "Manchester Yunayted" hujumchi bilan xayrlashishga tayyor.
Xyoylundning amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 35 million yevroga baholamoqda.
2024/25 yilgi mavsumda Xyoylund barcha musobaqalarda 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.