Sene Lammens "Manchester Yunayted"ga o‘tishga yaqin turibdi.
The Guardian nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mankunianliklar "Antverpen" posboni transferi borasida ancha oldinga siljigan. Belgiya terma jamoasi futbolchisining transferi 20 mln yevroga tushadi.
Lammens "MYU"ning asosiy tarkibi uchun Andre Onana bilan raqobatlashishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda 23 yoshli darvozabon Belgiya chempionatida 4 ta o‘yin o‘tkazib, har bir o‘yinda bittadan gol o‘tkazib yubordi.