The Athletic nashri sahifalarida "Real"dagi vaziyatga oid material e’lon qilindi. Ulardan biri hujumchi Vinisius Junior bilan bog‘liq vaziyat.
Materialda aytilishicha, "Real" Vinisiusning o‘z o‘yinini yaxshilashini istamoqda. Hozircha klub braziliyalik futbolchiga yangi shartnoma bo‘yicha futbolchi so‘ragan pulni to‘lashga tayyor emas. Ammo hali oldinda muzokaralar uchun vaqt bor. "Qaymoqranglilar" hozir Vinisius bo‘yicha qaror qabul qilmoqchi emas.
Vinisiusning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan. Keyingi yozda madridliklar yana bir yildan keyin bepul yo‘qotmaslik uchun braziliyalikni arzonroq narxda sotib yuborishi mumkin. Albatta, agar o‘sha vaqtga kelib shartnoma uzaytirilmasa.