Hujumchi Brayan Mbeumo ishtirokidagi transfer dostoni yakuniga yetmoqda. The Athletic xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" 25 yoshli futbolchining transferi borasida "Brentford" bilan kelishib olgan.
Mbemo uchun "Manchester Yunayted" 65 million funt (taxminan 75 million yevro) to‘laydi. Yana 6 million funt (taxminan 7 million yevro) bonus sifatida bitimga kiritiladi. "Qizil iblislar" transferni to‘rtta to‘lov bilan to‘laydi.
Qayd etilishicha, Brayan Mbeumo faqat "Manchester Yunayted"ga o‘tishni istagan. O‘tgan mavsumda 42 ta o‘yinda forvard 20 ta gol urdi va sheriklariga 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.