Krishtianu Ronaldu harakat qilayotgan jamoa 33 million yevroga Yevropadan markaziy himoyachi sotib olish arafasida turibdi
18.07.2025 17:26 Ўқилди: 36
"Feyenoord" futbolchisi David Gansko tez orada Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi safini to‘ldiradi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu klubi "Feyenoord" bilan bo‘lajak bitimning so‘nggi tafsilotlarini muhokama qilgan. Gansko "An-Nasr" bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi. Transfer qiymati 33 mln yevroni tashkil etadi.
David Gansko 2022 yildan beri "Feyenoord"da o‘ynamoqda. O‘tgan mavsumda himoyachi Niderlandiya klubi safida 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt talqiniga ko‘ra, futbolchining narxi - 30 mln yevro.