Bu haqda "Lechche" klubning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida ma’lum qildi.
17 yoshli hujumchi 7 iyul, dushanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tish va transferni yakunlash uchun "Lechche" qarorgohiga yetib keladi.
Hozircha, Italiya klubi hujumchini sotib olish bo‘yicha kelishuv tafsilotlarini oshkor qilmayapti.
Avvalroq, Franchesko Kamarda "Lechche"ga ijara asosida o‘tishi, klub esa hujumchining shartnomasini "Milan"dan 3 million yevroga sotib olish huquqiga ega bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Shu bilan birga, "rossonerilar" futbolchini 4 million yevroga qayta sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.