Turk klubi "Napoli" yarim himoyachisi ijarasiga 1 million yevro taklif qildi
05.07.2025 20:52 Ўқилди: 39
"Beshiktosh" "Napoli"ga tayanch yarim himoyachisi Yens-Lyus Kayusteni ijaraga olish bo‘yicha taklif bilan chiqdi, deya xabar bermoqda insayder Fabrisio Romano.
Turk klubi 6,5 mln yevroga sotib olish huquqi bilan futbolchini ijaraga olish uchun 1 mln yevro taklif qildi.
Kayuste "Reyms"dan 11,5 million yevro evaziga transfer qilinganidan keyin 2023 yil avgustidan beri "Napoli"da o‘ynamoqda. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portali uni 12 mln yevroga baholamoqda.
Yens-Lyus 2024/25 yilgi mavsumni "Ipsvich"da ijarada o‘tkazdi. U klub safida 33 ta o‘yinda 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.