"Chelsi" vingeri "Arsenal" bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishib oldi
05.07.2025 20:52 Ўқилди: 33
Vinger Noni Madueke yozda "Chelsi"ni "Arsenal"ga almashtirishi mumkin. The Athletic nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "kanonirlar" 23 yoshli futbolchi bilan shartnoma shartlarini kelishib olishgan. Ammo, hozircha klublar o‘rtasida transfer bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilmagan.
Qayd etilishicha, "Arsenal" va "Chelsi" o‘rtasidagi munosabatlar yaxshi. Yaqinda klublar bitta bitimni rasmiylashtirdi - darvozabon Kepa Arrisabala "kanonirlar" safiga ko‘chib o‘tdi.
Angliya yangi chempionati boshlanishiga olti hafta qoldi. Chempionlik unvonini yangi mavsumda "Liverpul" himoya qiladi.
Nufuzli "Transfermarkt" portali Noni Maduekeni 40 million yevroga baholamoqda.