"Arsenal" iqtidorini Londonning boshqa bir grandi ko‘zlamoqda
05.07.2025 20:39 Ўқилди: 33
"Arsenal"ning 18 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Itan Nvaneri "Chelsi"ga o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "ko‘klar" futbolchi "kanonirlar" bilan shartnomani uzaytirmagan taqdirdagina uning transferi ustida ish boshlaydi. Xavbekning londonliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Qayd etilishicha, Nvaneri va "Arsenal" hamkorlikni davom ettirishni muhokama qilmoqda, ammo futbolchi o‘yin vaqti borasida kafolat olishni istamoqda.
O‘tgan klub mavsumida 37 ta o‘yinda Itan Nvaneri 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Arsenal" APLning o‘tgan mavsumida 2-o‘rinni egalladi.