"Brayton" "Bryugge"dan chap qanot himoyachisi Maksim de Keyperni o‘z safiga qo‘shib olganini ma’lum qildi.
Ingliz klubi 24 yoshli belgiyalik bilan 5 mavsumga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, transfer summasi bonuslarni hisobga olgan holda 25 million yevroni tashkil etgan.
De Keyper - "Bryugge" tarbiyalanuvchisi. U o‘tgan mavsumda 54 ta o‘yinda 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.