Rasman: "Chelsi" "Borussiya Dortmund" hujumchisini sotib oldi
05.07.2025 20:26 Ўқилди: 3
"Chelsi" rasmiy sayti orqali tarkibga yangi futbolchi qo‘shilganini e’lon qildi. "Aristokratlar" Jeymi Bayno-Gittens bilan shartnoma imzoladi. 20 yoshli vinger londonliklar bilan yetti yillik shartnoma imzoladi - 2032 yilning o‘rtalarigacha.
Bayno-Gittensning transfer summasi oshkor etilmayapti. Shu bilan birga, avvalroq matbuotda "Chelsi" "Borussiya"ga 65 million yevro to‘lashi haqida xabar berilgandi.
O‘z vaqtida Jeymi Bayno-Gittens bir muddat "Chelsi" yoshlar jamoasida o‘ynagan. "Borussiya" safida futbolchi 107 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 17 ta gol hamda sheriklariga 14 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.