Gittens "Chelsi"ga o‘tgani haqida o‘z fikrlarini bildirdi
05.07.2025 20:26 Ўқилди: 6
Shanba kuni "Chelsi" o‘z safiga yangi vingerni qo‘shib olganini e’lon qildi. London klubi Jeymi Bayno-Gittens bilan 7 yillik mehnat shartnomasini imzoladi. Bitim yopilgach, 20 yoshli futbolchi transferga izoh berdi.
"Hammasi ajoyib. "Chelsi"dek katta klubga qo‘shilish ajoyib tuyg‘u. Men jamoada hammadan o‘rganish va bor kuchimni sarflash imkoniyatini intiqlik bilan kutmoqdaman. Bu ajoyib tuyg‘u," - dedi Bayno-Gittens.
Avvalroq, matbuotda "Chelsi" Bayno-Gittens transferi uchun "Borussiya"ga 65 million yevro to‘lashi haqida xabar berilgandi.