"Real" Niderlandiyadan 19 yoshli iqtidorni sotib olmoqchi
30.06.2025 14:00 Ўқилди: 75
AZ Alkmaar klubi markaziy yarim himoyachisi Kes Smit Madridning "Real" klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Diario AS xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "Real" 19 yoshli futbolchiga katta qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, Smitning o‘zi ham "Real"ga o‘tishni orzu qilayotgani ta’kidlangan. Bundan tashqari, yaqinda futbolchi ko‘chada "qaymoqranglilar" libosida suratga tushgan.
2024/25 yilgi mavsumda Smit barcha turnirlarni hisobga olgan holda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘nta gol urdi va yettita golli uzatmani amalga oshirdi.