PSV hujumkor yarim himoyachisi Malik Tillman faoliyatini Leverkuzenning "Bayer" klubida davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, tomonlar Tilmanning transferi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. Ta’kidlanishicha, 23 yoshli amerikalikning xaridi "Bayer"ga 35-40 mln yevroga tushadi.
Tilman 2023 yildan beri PSV sharafini himoya qilmoqda. U joriy mavsumda barcha musobaqalarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va beshta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.