"Atletiko" "Udineze"ning 2 metrli forvardiga qiziqish bildirmoqda.
Sport Mediaset nashrining ta’kidlashicha, madridliklar Lorenso Lukka borasida so‘rov yuborgan. Qayd etilishicha, italiyalik futbolchi La Liga klubi bosh murabbiyi Diyego Simeonega yoqadi.
Lukkani sotib olish istagi haqida xabarlar tarqalgan "Napoli" hujumchi uchun kurashda peshqadamlik qilmoqda. Shu bilan birga, Italiya chempionlari kurashda ishtirok etishni istashmaydi.
A Seriyada - 2024/25 yilgi mavsumda Lukka 33 ta o‘yinda 12 ta gol urdi.