"Bavariya" xavbeki "Flamengo" ustidan qozonilgan g‘alabaga izoh berdi
30.06.2025 13:00 Ўқилди: 21
"Bavariya" xavbeki Leon Goreska klublar o‘rtasidagi JCH - 2025 1/8 finali doirasida Braziliyaning "Flamengo" jamoasiga qarshi kechgan bahsga izoh berdi. Myunxenliklar 4:2 hisobida raqibdan ustun keldi.
"O‘yinni juda muvaffaqiyatli boshladik. Jamoamiz raqib maydonida bir nechta muhim to‘plarni yutib olishga muvaffaq bo‘ldi, shundan so‘ng gollar urildi. "Flamengo"ning ikkinchi goli tasodifiy edi, ammo biz konsentrasiyani saqlab qoldik. "Bavariya" to‘p nazoratini qo‘lga oldi va ajoyib futbol namoyish etdi," - deya yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi FIFA matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" musobaqaning chorak finalida Fransiyaning "PSJ" klubiga qarshi bahs olib boradi.