"Bavariya" sport bo‘limi boshlig‘i Maks Eberl "Shtutgart" hujumchisi Nik Voltemadega qiziqish bo‘layotgani haqidagi ma’lumotga izoh berdi.
Myunxen grandi allaqachon 23 yoshli futbolchi bilan kelishuvga erishgan, ammo hozircha "Shtutgart"ga transfer bo‘yicha rasmiy taklif kelib tushgani yo‘q.
"Bizga bu futbolchi qiziq. Ko‘ramiz, bundan nima chiqishini. Boshqa har qanday klub kabi "Bavariya" ham telbalarcha pul to‘lamaydi," - deya javob berdi Eberl DAZN'ga bergan intervyusida Voltamade haqidagi savolga.
Mish-mishlarga ko‘ra, "Shtutgart" hujumchini sotmoqchi emas, shuning uchun u uchun taxminan 60 mln yevro so‘ragan.