Angliya terma jamoasi a’zosi "Liverpul"ga o‘tmoqchi
30.06.2025 12:52 Ўқилди: 30
"Kristal Pelas" markaziy himoyachisi Mark Gexi yozda "Liverpul"ga o‘tishga qiziqmoqda.
"Qizillar" hozircha "burgutlar" bilan 24 yoshli futbolchining transfer shartlari bo‘yicha kelishuvga erishmagan, ammo uning o‘zini ko‘ndirishgan. Anfield Sector xabariga ko‘ra, Gexi uchun asosiy detal - kelasi yozda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati oldidan Angliya terma jamoasidan tushib qolmaslik uchun boshlang‘ich tarkibda o‘ynash imkoniyati. "Liverpul" futbolchiga muntazam ravishda maydonga tushishini bildirgan, shuning uchun u endi Arne Slot jamoasiga o‘tmoqchi.
Biroq, ma’lumotlarga ko‘ra, agar klublar o‘zaro kelishuvga erishmasa, Mark Gexi o‘z transferini tezlashtirmaydi. Transfermarkt portali markaziy himoyachi narxini 45 mln yevroga baholamoqda.