"Vest Xem"ning ikki futbolchisi Chempionship klubiga yo‘l olmoqda
29.05.2025 22:39 Ўқилди: 72
"Liverpul"ning sobiq hujumchisi Denni Ings "Reksem" futbolchisiga aylanishga yaqin turibdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Ushbu transfer futbolchining erkin agent sifatida yangi klubga o‘tishi kutilmoqda, chunki ingliz futbolchisi Londonning "Vest Xem" klubi bilan shartnomasini uzaytirmaydi.
"Reksem" rahbariyati Ingsning hujumdagi tajribasi klubga Premyer-ligaga ko‘tarilishiga yordam beradi, deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda ushbu klub Angliyaning uchinchi kuchli futbol divizionidan Chempionshipga ko‘tarilgan edi. "Reksxem" klubi Rayan Reynolds tegishli. Ings bilan bir qatorda "Reksxem"ga "Vest Xem"ning yana bir tajribali futbolchisi, himoyachi Aaron Kressuell ham qo‘shilishi mumkin.