Hujumkor yarim himoyachi Anxel di Mariya yaqinda "Benfika"ni tark etishini e’lon qildi. Marca nashri xabar berishicha, 37 yoshli futbolchi "Rosario Sentral" jamoasiga qaytishga yaqin.
Aynan "Rosario Sentral"da di Mariya futbolchilik faoliyatini 2007 yilning yozida "Benfika"ga o‘tishdan boshlagan.
Ilgari Anxel di Mariya Yevropada "Real", "Manchester Yunayted", "PSJ" va "Yuventus" kabi yirik klublarda o‘ynagan. 2024/2035 yilgi mavsumda di Mariya turli musobaqalarda 40 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol urdi va jamoadoshlari uchun 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.