"Nyukasl" "Lasio" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
29.05.2025 21:39 Ўқилди: 48
Matteo Genduzi Premyer-ligaga qaytishi mumkin.
Sport Witness nashri xabar berishicha, "Nyukasl" "Lasio" yarim himoyachisining transferi uchun asosiy davogar hisoblanadi. Kelishuv “Yuventus” qiziqayotgan Sandro Tonalining kelajagiga bog‘liq bo‘ladi.
Rimliklar 26 yoshli fransiyalik futbolchini 40 million yevroga sotishga tayyor.
O‘tgan mavsumda Genduzi A Seriyada 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.