"Yuventus" o‘z futbolchisini kamida 20 million yevroga sotmoqchi
29.05.2025 21:26 Ўқилди: 42
"Yuventus" Samyuel Mbangula bilan xayrlashishga tayyor.
Tuttosport nashri xabariga ko‘ra, Turin klubi 21 yoshli yarim himoyachi uchun kamida 20 million yevrolik takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Klub Mbangulaning sotilishi moliyaviy yil oxirida ijobiy saldoga erishishga yordam beradi, deb kutmoqda.
Qayd etilishicha, belgiyalik futbolchiga "Bayer", "Leypsig", "Bornmut" va "Nottingem Forest" qiziqish bildirmoqda, "Yuventus" yaqin kunlarda rasmiy takliflarni kutmoqda.
2024/25 yilgi mavsumda Mbangula A Seriyaning 23 ta uchrashuvida 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.