"Napoli" Konte sabab bu transferdan voz kechishi mumkin
29.05.2025 18:39 Ўқилди: 33
"Napoli" Jonatan Devidni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Corriera dello Sport xabariga ko‘ra, hujumchining transferi klub ichida sport direktori Jovanni Manna va prezident Aurelio De Laurentis tomonidan kelishilgan.
Biroq, jurnalist Alfredo Pedullaning yozishicha, klub futbolchidan voz kechishi mumkin. Chunki Antonio Konteda boshqacha so‘rovlar paydo bo‘lishi mumkin.
Devidga hamon "Inter" va "Yuventus" qiziqish bildirmoqda. 25 yoshli kanadalik "Lill"ni erkin agent sifatida tark etmoqda.