Niderlandiyalik yarim himoyachi Tidjani Reyndersning kelajagi haqida zid ma’lumotlar tarqalmoqda. Ba’zi manbalar allaqachon bitim tuzilgani haqida jar solayotgan bo‘lsa, boshqalari, jumladan italiyalik jurnalist Daniele Longo butunlay boshqa axborotni keltirmoqda.
Longoning ta’kidlashicha, "Milan" hali Reynders bo‘yicha hech qanday rasmiy taklif olmagan, agar olsa ham, faqat haqiqatan ham katta, Longoning so‘zlariga ko‘ra, "rad etib bo‘lmaydigan" mablag‘ evazigagina futbolchini qo‘ldan chiqarishga rozi bo‘lishi mumkin.
Shu bois, hozirda Italiyada Reynders katta ehtimol bilan "Milan"da qoladi, deb hisoblashmoqda.