"Real" himoyachi transferi bo‘yicha "Benfika"ni rozi qildi
29.05.2025 06:00 Ўқилди: 42
"Real" va "Benfika" chap qanot himoyachisi Alvaro Karreras transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
22 yoshli futbolchi bir necha hafta oldin ispan grandiga rozilik bildirgan edi, endi esa klublar ham bir to‘xtamga keldi, deb yozadi jurnalist Rudi Galetti. "Benfika" qat’iyat ko‘rsatdi va talabni pasaytirishdan bosh tortdi - "Real" kelishuvni tezroq yopish uchun shartlarni qabul qilishga majbur bo‘ldi. Tez orada futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Alvaro Karreras 2017-2020 yillarda Madrid superklubi akademiyasida shug‘ullangan, shundan so‘ng "Manchester Yunayted"ga ko‘chib o‘tgan. O‘tgan yozda "Benfika" ispaniyalikni "qizil iblislar"dan 6 mln yevroga sotib olgan edi.