Ingliz hujumchisi "Chelsi" va "Manchester Yunayted" o‘rtasida tanlov qildi
29.05.2025 05:52 Ўқилди: 54
"Ipsvich" hujumchisi Liam Delap faoliyatini davom ettirish variantini tanladi.
22 yoshli futbolchiga "Manchester Yunayted" va "Chelsi" asosiy da’vogar sifatida qaralgandi. Taniqli jurnalist Ben Jeykobsning ta’kidlashicha, "ko‘klar" yaqinda futbolchi bilan muzokaralardan so‘ng Delap uchun kurashda g‘alaba qozonishga yaqin turibdi. "Qizil iblislar"ning Chempionlar ligasiga chiqa olmagani jamoaning istiqbolli angliyalik futbolchi uchun kurashdagi pozisiyasini ancha zaiflashtirib qo‘ydi.
"Traktorchilar" hujumchisini "Everton" va "Nyukasl" ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi, ammo u allaqachon "Chelsi"ga o‘tishga moyilligini bildirgan.
Liam Delapning ehtimoliy transfer narxi 35 mln yevro atrofida.