Reshford "Barselona" uchun barcha takliflarni rad etadi
29.05.2025 05:39 Ўқилди: 42
"Manchester Yunayted" forvardi Markus Reshford faoliyatini "Barselona"da davom ettirishga qaror qildi, deya xabar bermoqda jurnalist Toni Xuanmarti.
Manbaga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi barcha takliflarni rad etgan va "ko‘k-anorranglilar" ingliz klubi bilan muzokaralarni boshlashini kutmoqda. Qayd etilishicha, futbolchi bilan "Barselona" sport direktori Deku aloqaga chiqqan.
Reshford "qizil iblislar" safida 2016 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda. Fevral oyi boshida u ijara asosida "Aston Villa"ga o‘tdi, birmingemliklar ijara muddati tugaganidan keyin hujumchini sotib olishdan bosh tortdi.
O‘tgan mavsumda Reshford barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan va 9 ta golga hammualliflik qilgan.