"Tottenxem" rahbariyati besh nafar futbolchi bilan xayrlashmoqchi
28.05.2025 22:26 Ўқилди: 72
"Tottenxem" rahbariyati yozda birdaniga besh nafar futbolchi bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda.
RA nashri xabariga ko‘ra, darvozabonlar Freyzer Forster va Elfi Uaytmen yozda klubni tark etishadi. Oxirgi uch yilda bor-yo‘g‘i 6 ta o‘yin o‘tkazgan Serxio Regilon ham jamoani tark etadi.
"Tottenxem" shartnomasi iyun oyida tugaydigan himoyachi Ben Devis bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti.
"Shporlar" Timo Vernerning ham ijara muddatini uzaytirmaydi, futbolchi "Leypsig" jamoasiga qaytadi.