“YUventus” Devidni Vlaxovich o‘rniga olib kelishi mumkin
18.05.2025 06:26 Ўқилди: 30
"Lill" hujumchisi Jonatan Devid A Seriyaning yana bir grandi transfer maqsadiga aylandi.
25 yoshli futbolchi "itlar" safini erkin agent sifatida tark etmoqda, shu bois u hozirdanoq boshqa klublar bilan muzokaralar olib borishi mumkin. Xabaringiz bor, hujumchini Milanning "Inter" va "Napoli" klublari o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. Sky Sport xabariga ko‘ra, "Yuventus" ham kanadalik futbolchi uchun kurashga qo‘shilishga qaror qilgan.
Kelasi yozda "keksa sinyora" katta ehtimol bilan Dushan Vlaxovich bilan xayrlashadi, Randal Kolo-Muani esa ijara muddati tugagach, "PSJ"ga qaytadi. Devidning transferi turinliklarga serb va fransuzning o‘rnini to‘ldirishga yordam beradi.
Joriy mavsumda Jonatan Devid "Lill" safida 49 ta o‘yinda 25 ta gol va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.