"Lion" hujumkor yarim himoyachisi Rayan Sherki klubni tark etayotganini e’lon qildi.
Shanba kuni 21 yoshli futbolchi "to‘quvchilar"ga Fransiya chempionatining so‘nggi turida "Anje"ni mag‘lub etishga yordam berdi (2:0) va o‘z hisobiga golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uchrashuvdan keyingi intervyusida fransuz klubdagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazganini tasdiqladi.
"Lion"ga rahmat. Murabbiy, xodimlar, klub prezidenti, jamoadoshlarim va bu yerda ishlaydigan barchaga," - deya xayrlashdi futbolchi, uning so‘zlarini jurnalist Fabrisio Romano keltirgan.
Rayan Sherkiga "Liverpul," "Arsenal," "Tottenxem," "Manchester Yunayted," "Borussiya Dortmund" va boshqa klublar qiziqish bildirgan. Xavbekning "Lion" bilan shartnomasi 2026 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.