Dyokeresh yangi klubi haqidagi savolga javob berdi
18.05.2025 06:00 Ўқилди: 75
Lissabonning "Sporting" klubi hujumchisi Viktor Dyokeresh kelajagi haqida gapirdi.
Shved "sherlar"ga 39 ta gol va sakkizta golli uzatma bilan Portugaliya chempionligini qo‘lga kiritishga yordam berdi. Shanba kuni 26 yoshli futbolchi so‘nggi tur o‘yinida "Vitoriya Gimaraes" darvozasini ishg‘ol qildi (2:0).
"Keyingi klubim? Kelajakni oldindan aytib bo‘lmaydi. Nima bo‘lishini hech qachon bilmaysan. Hozir chempionlikni nishonlash va yaqinlashib kelayotgan Portugaliya kubogi finali haqida o‘ylayapman," - deya Dyokereshning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.
Mish-mishlarga ko‘ra, forvardni Londonning "Arsenal" klubi o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Potensial transfer qiymati 70 mln yevrodan ko‘proqqa baholanmoqda.