Fabrisio Romano de Bryuynega "Liverpul"ning qiziqishi haqidagi xabarlarga izoh berdi
18.05.2025 05:52 Ўқилди: 15
Taniqli insayder Fabrisio Romano yarim himoyachi Kevin de Bryuynening "Liverpul"ga o‘tishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarga izoh berdi.
Mersisaydliklar kelasi yozda erkin agent sifatida "shaharliklar" safini tark etadigan belgiyalik futbolchiga ko‘plab da’vogarlar qatorida edi. Romanoning ma’lumot berishicha, bu mish-mishlar haqiqatdan yiroq. "Liverpul" 33 yoshli xavbekni o‘z safiga qo‘shib olish haqida o‘ylamayapti.
Kevin de Bryuyne 2015 yildan buyon "Manchester Siti" sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda futbolchi Xosep Gvardiola jamoasi safida barcha musobaqalarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.