"Liverpul" yangi o‘ng qanot himoyachisi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish sanasini belgilamoqda
18.05.2025 05:39 Ўқилди: 9
Jeremi Frimpong "Liverpul"ga o‘tishga yaqin turibdi.
Inglizlar "Bayer" bilan 24 yoshli himoyachining transferi bo‘yicha kelishuvga erishib, Leverkuzen klubini 35 mln yevrolik tovon puli faollashtirilgani haqida xabardor qildi.
Futbolchi mersisaydliklar bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi, deya xabar bermoqda Fabrisio Romano. Ayni paytda tibbiy ko‘rikdan o‘tish sanasi aniqlanmoqda.
Frimpong Bundesliga-2024/25 mavsumida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.