"Real" tarbiyalanuvchisini qaytarish haqida jiddiy o‘ylamoqda
18.05.2025 05:13 Ўқилди: 27
"Real" Niko Pasni qaytarishni o‘ylamoqda.
Madrid klubi tarbiyalanuvchisi o‘tgan yozda 6 mln yevro evaziga "Komo"ga o‘tgan edi. A Seriya joriy mavsumida 20 yoshli yarim himoyachi 33 o‘yinda 6 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
AS nashrining xabar berishicha, "Real" 8 million yevro evaziga qayta sotib olishni faollashtirish orqali futbolchini qaytarish masalasini jiddiy muhokama qilmoqda.
Biroq, qanot himoyachilari va markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolash bo‘yicha ustuvor masala hal qilinmaguncha, klub shoshilmaydi.
Qayd etilishicha, "Real" Pasning o‘sishidan hayratda. Klubda uni nafaqat "o‘nlik" rolida, balki markaziy yarim himoyachi sifatida ham ko‘rishadi.