Reshford "Barselona" uchun maoshini ham pasaytirmoqchi
18.05.2025 04:52 Ўқилди: 24
"Aston Villa"ga ijaraga berilgan "Manchester Yunayted" forvardi Markus Reshford faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda Mundo Deportivo.
Manbaga ko‘ra, 27 yoshli angliyalik futbolchiga "Barselona" qiziqmoqda. Hujumchi Kataloniya klubiga o‘tish uchun maoshini pasaytirishga ham tayyor.
Joriy mavsumda Reshford 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.