"Liverpul" va "Arsenal" "Vest Xem" yulduzi uchun kurashadi
17.05.2025 17:26 Ўқилди: 63
Londonning "Vest Xem" klubi vingeri Muhammad Quddus Angliyaning ikki top-klubi qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi, deb xabar beradi TBR Football. Gap Londonning "Arsenal" va "Liverpul" klublari haqida ketmoqda.
24 yoshli futbolchining ehtimoliy transferi 77-83 million yevroga tushishi mumkin. "Bolg‘achilar" bunday narxdagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Joriy o‘yin kampaniyasida Kudus londonliklar safida 33 ta o‘yin o‘tkazdi. Muhammad 4 ta gol va 4 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Vingerning "Vest Xem" bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 50 million yevroga baholamoqda.