Vositachilar "Real"ga vinger Leroy Sane nomzodini taklif qildi. U hali ham "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirgani yo‘q va kelasi yozda erkin agent maqomini olishi mumkin. Shu tariqa, Madrid superklubi Saneni tekinga qo‘lga kiritishi mumkin. Bu haqda TodoFichajes portali sahifalarida ma’lum qilindi.
Shu bilan birga, avvalroq matbuotda "Bavariya" Sane bilan mehnat shartnomasini uzaytirishga yaqin turgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.
Leroy Sane 29 yoshda. "Bavariya"ga qadar vinger Angliyada "Manchester Siti" sharafini himoya qilgan.