"Tottenxem" yozgi transferlar davrida qanot himoyachisi Pedro Porroni qanchaga qo‘yib yuborishga tayyorligi ma’lum bo‘ldi.
Football Insider nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "Tottenxem" futbolchi uchun 58,5 mln yevro narx belgilagan. Ta’kidlanishicha, "shporlar" "Manchester Siti"ning himoyachiga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotgan bir paytda ushbu qadamni qo‘yishga qaror qilgan.
Joriy mavsumda 25 yoshli Porro barcha turnirlarda 46 ta uchrashuvda qatnashib, 3 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.