Andre Onana Saudiya Arabistoni 2-ligasi yetakchisi bilan muzokaralar olib bormoqda
27.04.2025 16:52 Ўқилди: 45
Andre Onana Saudiya Arabistoni 2-ligasi klubi bilan muzokaralar olib bormoqda.
Footmercato jurnalisti Santi Aunaning xabar berishicha, Saudiya Arabistoni 2-ligasi peshqadami "Neom" "Manchester Yunayted" darvozabonining vakillari bilan faol muzokaralarni boshlab yuborgan.
Qolaversa, Onananing o‘zi ham Yevropani tark etib, faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishga qarshi emas.
Eslatib o‘tamiz, kamerunlik darvozabon 2023 yilda "Inter"dan 52,5 million yevro va 5 million bonus evaziga "MYU"ga o‘tgan edi.
"Neom" Saudiya Arabistoni 2-ligasida 30 o‘yinda 69 ochko to‘plagan holda peshqadamlik qilmoqda.