Londonning "Vest Xem" klubi tayanch yarim himoyachisi Tomash Souchek faoliyatini APLning boshqa bir klubida davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, 30 yoshli chexiyalik futbolchini "Everton" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Devid Moyesning shaxsan o‘zi bu transferni istamoqda.
Souchek hozirda Transfermarkt portalida 22 million yevroga baholanmoqda.