"Milan" Abraxamni saqlab qolmoqchi, unga muqobil variant ham bor
27.04.2025 13:39 Ўқилди: 51
"Milan" Temmi Abraxamni doimiy ravishda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
"Rossonerilar"da hujumchini "Roma"dan sotib olish varianti yo‘q, ammo "Milan"dan ijaraga olingan xavbek Aleksis Salemakersning huquqlari rimliklarga o‘tsa, Abraxam "San-Siro"da qolishi varianti bor.
Agar kelishuv barbod bo‘lsa, "Milan" birinchi navbatda "Udineze" 35 mln yevroga baholayotgan hujumchi Lorenso Lukkani olishga harakat qiladi. Biroq "rossonerilar" bu summani katta deb hisoblamoqda.
A Seriya mavsumining 31 o‘yinida Lukka 10 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.