"Barselona"ga keraksizga aylangan darvozabon Bundesligaga yo‘l olishi mumkin
26.04.2025 18:39 Ўқилди: 51
Ispaniyaning "Barselona" klubida Voysex Shesni kelganidan keyin asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgan 26 yoshli darvozabon Inyaki Penya yaqin yozda jamoani tark etmoqchi. Bu haqda Fichajes xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, futbolchi uchun kurashda "RB Leypsig" yetakchilik qilmoqda. Germaniya jamoasini Penyaning texnik mahorati va yoshi o‘ziga jalb qiladi. Shuningdek, klub darvozabon yaxshi tomonga rivojlana olishiga ishonmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bir oy avval Penya uchun asosiy da’vogar sifatida "Selta" tilga olingandi.