"Barselona" rahbariyati 36 yoshli Robert Levandovski o‘rniga yangi hujumchi sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Ispaniyaning Marca nashri xabar bermoqda.
Xarid uchun nomzod Madridning "Atletiko" klubidan 25 yoshli argentinalik Xulian Alvares hisoblanadi. Qayd etilishicha, o‘yinchining o‘zi bu transferga tayyor emas. Alvares bir yil ichida shahar va jamoaga to‘liq moslashdi, bu yerda uning roli tobora ortib bormoqda.
Joriy mavsumda Alvares barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 27 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klubi 66 ochko bilan chempionatda uchinchi o‘rinda bormoqda.