"Bavariya" himoyachisini 40-50 million yevroga sotishga tayyor
26.04.2025 17:39 Ўқилди: 60
Markaziy himoyachi Kim Min Je joriy mavsum yakunida Myunxenning "Bavariya" klubini tark etishi mumkin, deb xabar bermoqda MiaSanMia'ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi.
Manbaga ko‘ra, nemis grandi rahbariyati futbolchi uchun 40-50 million yevro taklif qilishsa, u bilan xayrlashishga tayyor. Himoyachining o‘zi foydali taklif tushsa, Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga tayyor.
Je 2023 yilning yozida "Napoli"dan "Bavariya"ga o‘tgandi. U 2028 yilning o‘rtalariga qadar mehnat shartnomasini imzoladi.