Akademiyaga qarashli stadionda Superliga bellashuvlarini o'tkazish uchun esa projektorlar talab qilingan meyor darajasiga etkazilishi lozim edi. O'tgan vaqt davomida yoritish tizimini Superliga talabiga moslashtirish ishlari olib borildi. 22 avgust kuni Liga mutaxassislari Buxoroda bo'lib, projektorning maydon bo'ylab uzatayotgan yorug'lik nurlarini qayta o'rgandi. Ayni vaqtda projektorlar Superliga bellashuvlarini qabul qilish uchun javob beradi.
Shunga qaramay, bazi masalalarda kamchiliklar mavjud. Shahardagi eski stadion buzib tashlanishidan avval Liga unda O'zbekiston kubogining final uchrashuvini yaxshi saviyada tashkil etgandi. O'sha vaqtdagi talab va takliflarga qaramay, hozirga qadar Buxoroda maydon parvarishi bilan professional shug'ullanadigan mahalliy mutaxassislar mavjud emas. Shuningdek, o'tgan davr davomida Liga talab qilgan ko'rinishda maydon parvarishi uchun zarur texnik vositalar xarid qilinmagan. Stadionni sug'orish va uning atrofidagi ishlar butkul boshqa soha vakillari tomonidan amalga oshirilmoqda. Bu esa o'z navbatida maydonning chidamlilik darajasiga putur etkazadi.
Shuningdek, ayni vaqtda stadionda quyidagi kamchiliklar mavjud:
• stadionning audio tizimi mavjud emas (klub har bir rasmiy o'yin uchun ko'chma ovoz kuchaytirish qurilmalarini jalb etishni rejalashtirmoqda);
• stadion tablosi yangilanishi lozim;
• markaziy va ofsayd kameralari platformasi yasalishi, ularning atrofi yomg'ir va quyoshdan himoyalanishi lozim;
• maydonning to'rt qismiga kameralar uchun elektr qutilar joylashtirilishi lozim;
• VAR va TV texnikalari uchun mo'ljallangan nuqtalar mutaxassislar yordamida qayta o'rganilishi va mazkur nuqtalar talab etilgan tezlikdagi internet liniyalari bilan taminlanishi lozim;
• stadionda OAV uchun media tribuna tashkil etilishi lozim;
• stadion texnik zonalarida internet uzilishlarsiz ishlashi taminlanishi lozim;
• VIP tribunaga kirish yo'li texnik zona bilan to'qnashmasligini oldini olish uchun alohida yo'nalishli zina tashkil etilishi lozim;
• Maydon perimetri bo'ylab reklama shitlari qayta jihozlanishi lozim;
• maydon atrofidagi qurilish ishlari to'liq yakunlanishi, stadion atrofidagi yo'llar tartibga keltirilishi, projektor machtalari uchun ochilgan vaqtinchalik yo'llar panjaralar bilan qayta yopilishi kerak.
31 avgust kuni Liganing teletranslyasiyalar hamda marketing bo'limi mutaxassislari Buxoroda bo'lib, stadionni Superliga o'yinlariga tayyorlashning keyingi bosqich ishlarini o'rganadi. Umid qilamizki, talab etilgan barcha masala o'z vaqtida hal qilinadi. Shundan so'ng Liga "Buxoro" klubi aynan qaysi turdan boshlab o'z maydoniga qaytishi masalasini rasman elon qiladi.
![]() | 31.08.2025 20:24 Ўқилди 2066 "Chelsi" - "Fulxem" o'yini hakami chetlatildi |
![]() | 30.08.2025 20:00 Ўқилди 1918 "Barsa" 17 yoshli ozarbayjonlik futbolchi bilan shartnoma imzoladi |
![]() | 28.08.2025 02:48 Ўқилди 1789 Angliya kubogi. "Manchester Yunayted" 1/32 finalda 4-liga jamoasiga mag'lub bo'lib, turnirni tark etdi |
![]() | 31.08.2025 21:56 Ўқилди 1738 "Manchester Yunayted" yangi darvozaboni bilan kelishuvga erishdi |
![]() | 29.08.2025 01:56 Ўқилди 1672 Rasman: Ole-Gunnar Sulsher istefoga chiqarildi |
![]() | 30.08.2025 01:56 Ўқилди 1669 A Seriya. "Milan" mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi |
![]() | 28.08.2025 17:16 Ўқилди 1622 "Futbol olami". Yarim finalchilar malum, xayr "Navbahor" va "Bunyodkor" |
![]() | 31.08.2025 18:48 Ўқилди 1592 "Al Ittihod" braziliyalik futbolchi bilan muzokaralarni boshladi |
![]() | 31.08.2025 21:16 Ўқилди 1536 "Arsenal" har turda yo'qotishlarga uchramoqda |
![]() | 31.08.2025 02:32 Ўқилди 1518 A Seriya. "Napoli" va "Roma"da minimal g'alaba, "Atalanta" Parmada durang qayd etdi |