Dias "Bavariya"ga 75 mln evro evaziga o'tmoqda, tomonlar barchasini kelishib olishdi. "Liverpul" vingeri 4 yillik shartnoma imzolaydi
27.07.2025 22:24 Ўқилди: 1050
Insayder Fabricio Romanoning malum qilishicha, myunxenliklar "Liverpul" bilan kolumbiyalik vinger transferi borasida kelishib olgan. Transfer summasi 75 mln evroni tashkil etadi.
Qayd etilishicha, "Liverpul" Diasga "Bavariya"da tibbiy ko'rikdan o'tishga ruxsat bergan. Futbolchi Bundesliga klubi bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi.