Karlo Anchelotti: "Braziliyadan hech kim menga qo'ng'iroq qilmadi"
28.03.2025 22:32 Ўқилди: 108
Oldinroq tarqalgan malumotlarda Anchelottining Braziliya termasida ish boshlashi mumkinligi yozilgandi. Keyinchalik "Real" va Braziliya termasining sobiq futbolchisi Ronaldo bu mavzuda Anchelotti bilan gaplashganini aytgandi.
- Sizga Braziliya futbol konfederaciyasidan qo'ng'iroq bo'ldimi?
- Yo'q.
- Ronaldo Sizni Braziliya termasiga taklif qilganini aytdi.
- Ronaldo bilan bu borada nimalar deganimni eslay olmayman.
- Klubda qolishni istaysizmi?
- Shartnomamda barchasi yozib o'tilgan. Bunga hech nimani qo'shimcha qilmoqchi emasman. Braziliyani, ularning futbolchilarini, muxlislarini yaxshi ko'raman. Biroq mening "Real" bilan shartnomam bor. Transferlar bozorida bo'layotgan ishlar hech nimani anglatmaydi. Etiborimni mavsumning eng muhim pallasiga qaratganman. Vazifam futbolchilarimga etibor berib, yaxshi natijalar qayd etish, - dedi Anchelotti.