Osiyo Kubogi-2027 saralashi. Tojikiston Filippin bilan murosa ko'chasini tanladi
10.06.2025 18:32 Ўқилди: 717
Tojikistonliklar Filippinga safar uyushtirib, 2:2 hisobida jangovar durang qayd etdi. Tojikistonning gollariga Shervoni Mabatshoev va Parvizjon Umarboev mualliflik qilgan bo'lsa, filippinliklardan Born Kristensen 2 ta to'p kiritdi.
Osiyo Kubogi-2027 saralashi
"A" guruhi. 2-tur
Filippin – Tojikiston 2:2
Nyu-Klark-Siti. "Nyu-Klark-Siti" stadioni
Gollar: Born Kristensen, 28 (1:0). Shervoni Mabatshoev, 30 (1:1). Parvizdjon Umarboev, 42 – s penalti (1:2). Born Kristensen, 79 (2:2).